Arxitektura uyushmasi (AA)ning O‘zbekistondagi sayyor maktabining ʻʻSarhadli makonʼʼ
Bir hafta davomida dasturning 25 nafar ishtirokchisi Toshkentni turli shahar muhitlarini bog‘lovchi ostonalar – eshiklar, yo‘laklar, darvozalar va boshqa joylar prizmasi orqali o‘rgandilar. Dastur seminarlar, muhokamalar va sayyor tadqiqotlarni o‘z ichiga olgan bo‘lib, unda ishtirokchilar ham individual, ham guruhlarda o‘z g‘oyalarini ishlab chiqdilar.
Dastur yakuni sifatida Namuna badiiy qarorgohida ko‘rgazma ochildi. Bir hafta davomida tashrif buyuruvchilar dastur davomida yuzaga kelgan tadqiqotlar va mulohazalar aks etgan ishtirokchilarning ishlari bilan tanishishlari mumkin. Loyihalar shahar va uning fazoviy muhitiga turli xil qarashlarni taklif etadi.